O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari sentabrda avgustga nisbatan 20,8 foizga, xarajatlari esa 21,4 foizga o‘sdi. To‘qqiz oyda budjet defitsiti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,05 trln so‘mga qisqarib, 37,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mni (taxminan $2,88 mlrd) tashkil etdi. Iyulda defitsitning o‘sish sur’ati pasayib, 2,5 trln so‘mni ko‘rsatdi. Sobiq deputat Doniyor G‘aniyev iyun o‘rtalarida nega birinchi yarimyillikda xarajatlar daromaddan oshib ketganini tushuntirgandi.
O‘zbekistonda yanvar-may oylarida davlat budjeti defitsiti 29 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Maydagi daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boshiga shakllangan qoldiq va oy davomida muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qog‘ozlari hisobiga qoplangan.
Markaziy bank kelgusida fiskal intizomga rioya qilinishi va budjet xarajatlarining yil boshida belgilangan darajalari doirasida amalga oshirilishi inflyatsiyaga talab tomondan qo‘shimcha bosim shakllanishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
2023-yilda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjeti defitsiti rekord daraja — 59 trln so‘mni tashkil etib, avvalgi yillardagi ko‘rsatkichlardan ancha yuqori bo‘ldi. O‘tgan yil oxirida hukumat xarajatlar chegarasini ushlab turolmagani sababli parlament orqali limitni oshirgandi.
Senatda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori 3 foizdan 5,5 foizga o‘zgartirish ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi.
Birinchi yarimyillikda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 5,7 foizni tashkil etdi — xarajatlar daromadlardan 26,9 trln so‘mga ko‘proq. Bu pandemiya boshlangan 2020-yil, shuningdek, 2021−2022-yillardagi ko‘rsatkichlardan ko‘p. Hukumat bu davrda biror marta budjet taqchilligi chegarasini ushlab turolmagan.
2022-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining 47 foizi xalqaro moliya institutlarining qarzlari va yevroobligatsiyalar chiqarish hisobidan, 18 foizi davlat g‘azna obligatsiyalari chiqarish hisobidan qoplandi. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi 35 trln 229 mlrd so‘mga yetdi.
O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari daromadlaridan 29 trln so‘mga (2,5 mlrd dollar) ko‘proq bo‘ldi. 2023-yilda profitsit prognoz qilinganiga qaramay defitsit deyarli 6,2 foizni tashkil etdi. Bu ma’lumotlarni e’lon qilayotib Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “defitsit” so‘zini ishlatmadi.
Prezident qarori loyihasi bilan 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet defitsitini YAIMga nisbatan 3 foizdan 5 foizgacha yoki 53,4 trln so‘mgacha oshirish taklif etilmoqda. Agar hukumat yana xarajatlar chegarasidan o‘tib ketsa, bu davlat xarajatlarining 1,8 mlrd dollarga oshishiga olib keladi.
Markaziy bank raisi O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi yillik kutilmaning 20 foiziga yetgandi. Shundan so‘ng Iqtisodiyot vazirligi daromad va xarajat bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.
Markaziy bank o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsitini belgilangan parametrlar darajasidan oshmasligini ta’minlash muhimligini qayd etdi. Regulyator inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foiz atrofida bo‘lishi bo‘yicha prognozini o‘zgarishsiz qoldirgan.
Yanvarning birinchi yarmida davlat budjeti defitsitining 5,5 trln so‘mga yetishi sovuqdan jabr ko‘rgan 30 ming tadbirkorning soliq qarzdorligi o‘sishi hamda ish haqi, pensiya va nafaqalarning moliyalashtirilishi bilan izohlandi. Umuman olganda, yanvarda daromadlar oshdi, deya qayd etdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting